Turkmaniston parlamenti qarori bilan prezident Gurbanguli Berdimuhammedovga “Turkmaniston xalq yilqichisi” faxriy unvoni berildi, deb yozadi “12news.uz”.
Turkmaniston OAVlari xabariga ko‘ra, parlament qarori uning yilqichilik rivojlanishidagi xizmatlari, Turkmaniston ot sporti obro‘sining jahon arenasida oshishiga qo‘shgan hissasini hisobga olgan holda qabul qilingan.
Tegishli nishon va guvohnoma unga Turkman arg‘umog‘i bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tantanalarda Ashxoboddagi Xalqaro ot sporti majmuasida topshirildi.
Izoh (0)