Nepalda 25-aprel kuni ro‘y bergan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 3218 kishiga yetdi, jabrlanganlar esa 6500 kishidan oshib ketdi. Bu haqda Nepalning tabiiy ofatlarga qarshi kurash markazi vakilining so‘zlariga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mamlakatda favqulodda holat joriy qilindi. Qidiruv va qutqaruv ishlarida Nepal harbiylaridan tashqari Xitoy, AQSh, Kanada, Avstraliya, Yaponiya va Shri-Lankadan kelgan qutqaruvchilar ishtirok etmoqda.
Oldinroq zilzila kuchi 7,4 magnituda bo‘lgani va 2000 dan ortiq kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi. Yangi olingan ma’lumotlarga ko‘ra, yer silkinishining kuchi 7,9 magnituda bo‘lgan.
Zilziladan so‘ng bir kecha-kunduzda 30 dan ortiq takroriy zilzilalar bo‘ldi. Mamlakat prezidenti esa tunni chodirda o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi.
Izoh (0)