Tojikiston parlamenti o‘z tarixida birinchi marta O‘zbekiston parlamenti bilan do‘stlik guruhini tashkil etadi, deya xabar bermoqda “12news.uz”.
Tojikiston parlamenti a’zolari 29-aprel kuni O‘zbekiston parlamenti quyi palatasi bilan Do‘stlik va hamkorlik guruhini shakllantiradi.
Nashr ta’kidlashicha, bunday guruh ikki davlat mustaqilligi davridagi parlamentarizm tarixida birinchi marta tuziladi.
Ayni paytda O‘zbkiston Respublikasi Oliy Majlisining Buyuk Britaniya, Italiya, Janubiy Koreya, Fransiya, Yaponiya va Yevroittifoq parlamentlari bilan hamkorlikdagi guruhlari faoliyat olib boradi.
Izoh (0)