Latviyaning Liyepaya shahrida O‘zbekiston bilan hamkorlikda transport-logistika xabi qurilishi bormoqda, deb yozadi “12news.uz”. Bu haqda Rigada Latviya Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkillashtirilgan “O‘zbekiston va Latviya kompaniyalari o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish” seminarida aytib o‘tildi.
“Latviya YeI davlatlari ichida O‘zbekiston uchun muhim sherikdir. Hozirning o‘zidayoq Rigada uchta o‘zbek Savdo uyi bor, O‘zbekistonda esa Latviya kapitaliga ega bo‘lgan bir nechta firma ishlamoqda”, — dedi O‘zbekistonning Latviyadagi elchisi Afzal Ortiqov.
Izoh (0)