31-martdan 22-aprelga qadar Yaman Respublikasidan 369 nafar O‘zbekiston fuqarolari olib chiqib ketildi, deya xabar bermoqda “12news.uz” Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aleksandr Lukashevichga tayanib.
Lukashevich Moskvadagi brifingda ma’lum qilishicha, Rossiya samolyotlari va harbiy dengiz kemalari tomonidan Yamandan jami 1700 dan oshiq kishi evakuatsiya qilingan.
Izoh (0)