2015-yilning 22-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisining o‘rinbosari Daniel Rozenblum boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat davomida ikki tomon kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Ba’zi xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashish chog‘ida Afg‘onistondagi vaziyat rivojiga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda AQShning Afg‘oniston va Pokiston masalalari bo‘yicha maxsus vakili o‘rinbosari Laurel Miller va AQSh Elchisi Pamela Leora Spratlen ishtirok etdilar.
Izoh (0)