AQSh hukumatining idoralararo guruhi 20—24-aprel kunlari Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmanistonga tashrif buyurib, Afg‘oniston bo‘yicha ikki tomonlama konsultatsiyalar o‘tkazadi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Delegatsiyaga davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Deniel Rozenblum hamda Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakil o‘rinbosari Lorel Miller rahbarlik qiladi.
Delegatsiya a’zolari mintaqa mamlakatlari hukumatlari vakillari bilan Afg‘onistondagi vaziyatning borishi, shuningdek mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.
Izoh (0)