O‘zbekistonda elektron tijorat ancha yuqori o‘sish sur’atlarini namoyish qilmoqda, deya xabar berdi “12news.uz” Allbiz internet-savdo xalqaro markazi tadqiqotlariga tayanib.
2015-yilning birinchi choragida O‘zbekiston kompaniyalari tomonidan Allbiz tizimi orqali olingan so‘rovlar o‘tgan yilning 4-choragiga nisbatan 57 foizga o‘sdi. Savdo-sotiqning katta qismi — 42 foizi mamlakat ichkarisida amalga oshiriladi. Xorijiy sheriklar orasida talabning beshdan bir qismini ta’minlovchi Rossiya, Qozog‘iston (10%) va Ukraina (6%) bor.
2015-yil 1-choragida eng ommabop bo‘lgan mahsulot turlari:
- Bolalar kiyimi (2014-yil 4-choragiga nisbatan o‘sish 250%)
- Tola va iplar (+55%)
- Shoyi (+34%)
- Quritilgan mevalar (+12%)
- Yong‘oqlar (-27%)
- Quyosh energiyasini ishlatish uchun qurilmalar (-43%)
Izoh (0)