Fransiyaning Toshkentdagi elchixonasi O‘zbekistonning sakkizta oliy o‘quv yurtiga fransuz tili darsliklarini taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Gap O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Samarqand davlat chet tillari instituti, Buxoro, Farg‘ona, Andijon, Urganch va Qarshi davlat universitetlari haqida bormoqda.
Darslik va qo‘llanmalar oliygohlarning fransuz tili kafedralari vakillariga 16-aprel kuni Toshkentdagi Fransiya elchixonasida topshirilgan. Aksiya Fransiya elchixonasi hamda O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida o‘tkazilgan.
Izoh (0)