Buxoro shahar IIBga mahalliy aholi fuqarosi murojaat qilib, noma’lum shaxs uning avtomashinasi davlat raqami belgilarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Buxoro shahrida yashovchi ikki fuqaro sodir etganligi aniqlandi va ular qo‘lga olindi.
Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)