“Novosti Uzbekistana” nashri muallifi Tamara Sanayeva Samarqanddagi “Malika” mehmonxonasiga kiraverishda eski kalish ichiga isiriq solib, osib qo‘yilganiga e’tibor qaratdi. Bu haqda 12news.uz xabar bermoqda.
Muallifning yozishicha, u shu vaqtgacha eshik ustiga isiriqning o‘zi, taqa osib qo‘yilganini ko‘rgan, shisha ko‘zmunchoq ham uchrab turadi, lekin kalishga hech ko‘zi tushmagan.
“Malika” mehmonxonasining ma’muri “eski kalish ko‘z tegishidan asrash uchun osib qo‘yilgan”ini aytgan. Oradan ikki kun o‘tib, Sanayeva xonim Qarshidan Toshkentga qaytayotganida hamrohlaridan kalish osishning boshqa talqinini eshitgan.
“Eskirgan kalish yomon ko‘zlardan yoki g‘iybatlardan himoyalanish uchun emas. U odamga hech narsasi bo‘lmagan vaqtlarni yodga solib turish uchun va mehnat orqali daromad, farovonlik, hurmatga erishish mumkinligini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi”, - deb yozadi muallif.
Izoh (0)