Germaniyaning Shpandau shahrida yashovchi Annegret Raunik ismli o‘qituvchi ayol to‘rt egizakni dunyoga keltiradi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” Berliner Morgenpost’ga tayanib.
Gazeta yozishicha, to‘rt egizak tug‘ilishining o‘zi noyob hodisa hisoblanadi, biroq Raunikning yoshi 65 da ekanligini nazarda tutib, bu holatni haqiqiy shov-shuv deb atash mumkin. Ayol besh marta turmush qurgan bo‘lib, 13 nafar farzand ko‘rgan.
Raunik sun’iy urug‘lantirish usuli orqali homilador bo‘lgan. Ayni paytgacha homiladorlik jiddiy asoratlarsiz o‘tmoqda. Hammasi yaxshi yakunlansa, ayol yozda tug‘adi va dunyodagi eng keksa to‘rt egizak onasiga aylanadi.
Izoh (0)