Shanba kuni AQSHning Viskonsin shtatida kichik samolyot halokatga uchradi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Mahalliy ma’muriyatning ma’lum qilishicha, samolyot uchuvchisi halok bo‘lgan.
Hodisa Igl-Point shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Bir motorli samolyot mahalliy aeroportdan havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay qulagan va yonib ketgan.
Samolyot qayerga uchib borishi kerak bo‘lgani ma’lum qilinmayapti. Hozirgi vaqtda halokat tafsilotlari o‘rganib chiqilmoqda.
Izoh (0)