Kreml Time jurnalidagi Vladimir Putin yetakchilik qilgan reyting uchun ovoz berish jarayonini kuzatib bormadi, deya xabar bermoqda “Kommersant” Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib. Ushbu eng nufuzli kishilar reytingida Putin barcha dunyo yetakchilarini ortda qoldirgan edi.
“Yo‘q, afsuski, uni kuzatib bormadik”, — dedi Peskov “Govorit Moskva” radiostansiyasi efirida. Shuningdek prezident matbuot kotibi Putin Time mushtariylari tanlovi haqida bilish-bilmasligi unga qorong‘u ekanligini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Time jurnali tanloviga ko‘ra jahonning eng nufuzli odami unvonini janubiy koreyalik xonanda Li Che Rin bilan bo‘lishgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)