O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Yunusobod tumani filiali boshqaruvchisi o‘nlab omonatchilar mablag‘larini katta miqdorlarda o‘g‘irlagani ma’lum bo‘ldi, deya xabar bermoqda “12news.uz” “Darakchi” gazetasiga tayanib.
Gazeta yozishicha, ismi oshkor etilmayotgan mansabdor shaxs hamkasblari bilan jinoyatkorona til biriktirib, shaxsiy biznesini ochish uchun bankda xorijiy valyutada omonatlarini saqlayotgan bank mijozlari pullarini sarflab yuborgan.
Bank filiali boshqaruvchisi omonatchilar imzolari va zarur hujjatlarni qalbakilashtirgan. Sud ushbu ishga aloqador bankchilarga nisbatan adolatli hukm chiqargan.
Izoh (0)