O‘zAuto-Austem MChJ O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi 2014-yilda 200 ming dollarlik mahsulot eksport qildi, deya xabar bermoqda UzDaily.
Andijon shahrida joylashgan O‘zAuto-Austem QK shassi va g‘ildirak disklarini chiqaradi. Korxonaning yillik quvvati 1 million dona g‘ildirak diski va 123 ming dona shassi ishlab chiqarishga teng.
Korxona tomonidan chiqariladigan mahsulot asosan O‘rta Osiyodagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi — GM Uzbekistan’ga yetkazib beriladi.
Izoh (0)