Toshkentdagi Zenith Electronics qo‘shma korxonasi O‘zbekistonning 150 ta kollejini chet tillarni o‘rganish uchun kompyuterlashtirilgan multimediali sinflar bilan jihozlaydi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Tegishli bitimlar Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi qoshidagi O‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi markazi bilan tuzildi.
Barcha kompyuter sinflari shaxsiy kompyuterlardan tashqari, boshqa zarur texnika, jumladan multimediali proyektorlar va akustik tizimlar bilan jihozlanadi. Kompyuterlarga xorijiy tillarni o‘rganish uchun “Lingofon xonasi” dasturi o‘rnatiladi.
Izoh (0)