Yevrokomissiya rahbarining Energetik ittifoq yaratish uchun javobgar bo‘lgan o‘rinbosarining rejalari haqida YeIning Turkmanistondagi vakolatxonasi rahbari Denis Daniilidis so‘zlab berdi, deb yozadi “RBK”. Uning aytishicha, loyihada Yevroittifoq bozori uchun turkman gazini sotib olmoqchi bo‘lgan Yevropa kompaniyalari qanday shartlar ostida qatnashishini bilish kerakligi ma’lum bo‘lgan.
Fevral oxirida Yevrokomissiya vitse-prezidenti Shefchovich Turkmanistonning Yevroittifoqdagi elchisi Kakajon Mommadov bilan uchrashgan hamda Rossiya va Turkmaniston “texnik va huquqiy” bitimga kelishiga umid qilgan edi.
Shefchovich yaqin oylar ichida Turkmaniston bilan Janubiy gaz yo‘lagiga gaz yetkazib berish uchun Transkaspiy gaz quvuri qurilishi haqida muzokaralarni boshlaydi.
Izoh (0)