Rossiya prezidenti Vladimir Putin faoliyatini rossiyaliklarning 85 foizi ma’qullaydi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” “Levada markaz” so‘rovi natijalariga tayanib.
Shuningdek, fuqarolar fikricha, hozirda mamlakat to‘g‘ri yo‘nalishda ketmoqda: bunday fikrni so‘ralganlarning 57 foizi bildirdi.
Bundan tashqari, rossiyaliklarning 50 foizdan ortig‘i Rossiya hukumati va bosh vazir Dmitriy Medvedev ishidan mamnun, yarmi esa Davlat Dumasi faoliyatini ma’qullaydi.
Rossiyaliklarning ishonchini qozongan siyosatchilar orasida Vladimir Putin (51%), Sergey Shoygu (22%), Dmitriy Medvedev (17%), Gennadiy Zyuganov (9%) va Sergey Lavrov (10%) bor.
Izoh (0)