“Yaponiya go‘zali” tanlovi g‘olibasi Ariana Miyamotoni “yaponlarga xos bo‘lmagan” tashqi ko‘rinishi uchun tanqid qilishdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Qiz keyingi yili Kolumbiyada bo‘lib o‘tadigan “Dunyo go‘zali” tanlovida o‘z mamlakati sharafini himoya qiladi.
Mahalliy jamoatchilik 20 yoshli nagasakilik qiz asl yapon emasligidan norozi — uning otasi afro-amerikalik. Ijtimoiy tarmoqlarda ham foydalanuvchilar aynan Ariana mamlakat sharafini himoya qilishiga qarshi chiqib, uni “chala zotli” deb atamoqda.
O‘z navbatida Miyamoto bo‘layotgan hodisalarga xotirjamlik bilan munosabatda bo‘lib, u asl yapon qizi kabi ko‘rinmasa-da, bu unga Yaponiyani sevishda xalal bermasligini ta’kidladi.
Izoh (0)