Xitoyning tog‘li Tyanshan massivida zoologlar 22 yilda birinchi marta quyonsimonlar turkumiga kiruvchi Ili Pika (Ili pishchuxasi) sutemizuvchisini topdi, deya xabar bermoqda The Daily Mail.
Ushbu jonivorlar o‘rganilmagani va odam yashaydigan hududlarda kamdan-kam ko‘rinishi tufayli “sehrli quyonlar” deb ataladi. Bu biologik tur vakillari birinchi marta 1983-yilda tabiatni asrash xizmati xodimi Li Veydun tomonidan aniqlangan edi, bu safar ham Ili Pika aynan shu ekspert nazariga tushdi.
Veydun jonivorni bir nechta kadrlarga muhrlashga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)