Ispaniya ichki ishlar vaziri Xooxe Fernandes Dias yaqinda sodir bo‘lgan aviahalokatning ba’zi qurbonlariga qarata Twitter’da haqoratomuz xabarlar paydo bo‘lishi holati bo‘yicha tergov boshlashni buyurdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Haqoratlarga layner yo‘lovchilaridan ba’zilari kataloniyalik bo‘lgani sabab bo‘lib xizmat qilgan.
Ushbu tergov Ispaniya IIV tomonidan nafratga asoslangan jinoyatlarni tag-tubi bilan yo‘q qilish bo‘yicha olib borilayotgan kampaniyaning bir qismi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 24-mart kuni Barselonadan Dyusseldorfga parvoz qilayotgan Airbus A320 samolyoti Fransiya janubida, Alp tog‘lari ustida halokatga uchrashi oqibatida layner bortida bo‘lgan 150 kishining barchasi halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)