Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakat poytaxtidagi xalqaro kitob yarmarkasida noqulay vaziyatga tushib qoldi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Voqea u turli mamlakatlarning yozuvchilik hamjamiyatlari bilan so‘zlashayotgan vaqtda ro‘y berdi.
Davlat rahbari Argentina adabiyoti taqdim etilgan stendga yaqinlashib, o‘z mamlakati nomidan yarmarkada qatnashayotgan kishilar bilan salomlashdi. Ulardan biri bilan muloqot qilar ekan, Maduro “Lotin Amerikasi xalqi tarixi” kitobi muallifi Xorxe Abelardo Ramosni tilga oldi va yozuvchiga salom aytib qo‘yishni so‘radi.
Argentinalik: “U 20 yil avval o‘lib ketgan”, — deya javob qilgach, “Ey xudoyim”, — deya xijolat bo‘lib qoldi Maduro.
Izoh (0)