19-mart — Bryusseldagi YeI sammiti ochilish kunida davlat sektorida ishlovchi minglab namoyishchilar Belgiya poytaxti markazini to‘ldirdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Byudjet ishchilari iqtisodiyotdagi qat’iy choralarga nisbatan norozilik bildirmoqda. Namoyishchilarning ko‘pchiligi Gretsiya bayrog‘ini ko‘tarib olgan, bu mamlakat aholisi uzoq vaqtdan buyon iqtisodiy cheklashlarga, shuningdek xalqaro nazoratchilar “uchligi”ga qarshi bosh ko‘tarib kelmoqda.
Bryusseldagi joriy sammit 19—20-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)