Yaman prezidenti Abd Rabbo Mansur Hodiy o‘zining Adanadagi qarorgohiga qilingan hujumni davlatni to‘ntarishga urinish deb atadi. Bu haqda respublika rahbari bayonotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
“Hukumatni qurol bilan egallab olishga urinish sobiq rejim tarafdorlari tomonidan uyushtirildi”, — deyiladi hujjatda.
19-mart, payshanba kuni Adana yaqinida Yaman xavfsizlik kuchlari va isyonchi shialar o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi, natijada 13 kishi halok bo‘ldi, yana 22 kishi jarohatlandi.
Shuningdek, Adanadagi Yaman prezidenti qarorgohi joylashgan majmua hududida raketa portlagan. Aviazarba chog‘ida o‘z qarorgohida bo‘lgan Hodiy xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan.
Izoh (0)