Tog‘li Qorabog‘da Ozarbayjon qo‘shinlari bilan to‘qnashuvda kamida uch nafar askar o‘ldirildi, to‘rt nafari yarador bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Ikkala tomon ham sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha bir-biriga zid ma’lumotlar berdi. Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, qorabog‘lik harbiy xizmatchilar ular joylashgan nuqtalarga Ozarbayjon maxsus topshiriqli bo‘linmalari hujum qilgach, halok bo‘lgan.
Ozarbayjon mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra esa, Ozarbayjon tomonidan sodir etilgan qo‘poruvchilik haqidagi ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, bundan tashqari, harbiy to‘qnashuvda 20 nafar arman askarlari o‘ldirilgan yoki yaralangan.
90-yillar boshida asosan armanlar yashaydigan Qorabog‘ Ozarbayjon tarkibidan chiqishga qaror qilgach, mintaqada nizolar boshlangan. Qonli janglardan so‘ng anklav dunyoda tan olinmagan mustaqil respublikaga aylandi. 1994-yildan tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga o‘tgan edi.
Izoh (0)