“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Samarqandga maxsus reklama tarifining amal qilish muddatini 2015-yilning 25-oktabriga qadar uzaytirdi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar berdi.
Reklama aksiyasi doirasida iqtisodiy klassga pasaytirilgan maxsus tarif bo‘yicha aviachiptalar xarid qilish mumkin.
Aviachipta narxi bir tomonga 16 yevroni tashkil qiladi.O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun to‘lov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha so‘mlarda amalga oshiriladi.
Izoh (0)