O‘zbekistonda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini axborot-metodik ta’minlash xizmati kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o‘qituvchilari bilan Internet-forum va yangi metod.uz portali yordamida ishlaydi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Today.
Ushbu xizmat boshlig‘i Murodullo Xolmuhammedov so‘zlariga ko‘ra, pedagoglarning tyutorlarga aylanish jarayoni tabiiy yo‘l bilan kechadi. “Tyutorlar — o‘sha-o‘sha maslahatchi pedagoglar, biroq ular endi axborot-kommunikatsiya, psixologik texnologiyalarni mukammal biladi hamda talabalarga turli yo‘nalishlar bo‘yicha maslahatlar berib, ularni yo‘naltiradi”, — dedi u.
Ma’lum bo‘lishicha, metod.uz Internet-portalining vazifasi internet orqali o‘quv-metodik axborot tarqatishdan iborat bo‘ladi.
Izoh (0)