O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi sayti — agro.uz modernizatsiya qilindi, deya xabar bermoqda “Infocom.uz”. U 2015-yil 10-martda ishga tushirildi.
Saytning yangi versiyasi avvalgisi kabi “1C-Bitriks: Saytni boshqarish” platformasida ishlab chiqilgan, biroq kengaytirilgan funksional imkoniyatlari, moslashuvchanligi va zamonaviy dasturlash vositalari qo‘llanilganligi bilan farqlanadi.
Saytga qo‘shimcha ravishda ovozning jo‘r bo‘lishi, rahbar qabuliga kirish uchun onlayn ravishda ro‘yxatdan o‘tish, topilgan xato haqida xabar berish, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar statistikasi, murojaat statusini tekshirib ko‘rish, saytdagi tashrifchilar sonini ko‘rish va boshqa imkoniyatlar qo‘shildi.
Izoh (0)