Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qrimda 2014-yil fevralidagi hukumat o‘zgarishi Ukraina qonunchiligiga muvofiq sodir bo‘lganini aytdi, deb yozadi Meduza davlat rahbarining “Qrim. Vatanga yo‘l” filmi uchun bergan intervyusiga tayanib.
U “Rus birligi” harakati yetakchisi Sergey Aksenovni respublika rahbari etib tayinlagan Qrim parlamenti qonuniy hukumat organi bo‘lganini ta’kidladi. Putin shuningdek, Ukraina prezidenti Viktor Yanukovich Aksenovning ushbu lavozimga tayinlanishini tasdiqlaganini qayd etdi.
Putin Qrim Oliy Kengashi binosining Rossiya maxsus vazifali harbiylari tomonidan egallab olinishini deputatlar xavfsizligini ta’minlash zarurati bilan izohladi.
Izoh (0)