O‘zbekistonlik sartaroshlar va stilistlar Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan “Neva sohillari” xalqaro tanlovida 12 ta yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Today.
Ushbu festivalda dunyoning 30 mamlakati vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston sharafini 15 kishi himoya qildi. 19 yoshli samarqandlik Shuhrat Hamdamov qator nominatsiyalarda, jumladan erkaklar zamonaviy soch turmagi yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, qashqadaryolik Muhammad Shodmonov, samarqandlik Rustam Ashurov va boshqa qator ishtirokchilar yaxshi natijalar qayd etdi.
Izoh (0)