O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Magistratura to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi (pdf).
Ushbu hujjat magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash sifati va ularning raqobatbardoshligini kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Magistraturada pedagogik faoliyat yuritishga ilmiy unvon (ilmiy daraja)ga va kamida uch yillik uzluksiz ilmiy-pedagogik (ilmiy) ish stajiga ega bo‘lgan, shuningdek xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajali shaxslar jalb qilinadi.
Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari oliy ta’lim muassasalari kafedralarida kafedralarning professor-o‘qituvchilari tarkibi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari, tarmoq ilmiy-tadqiqot va loyihalash muassasalari xodimlari tomonidan shakllantiriladi.
Izoh (0)