Finlandiya bosh vaziri Aleksandr Stubb NATOga a’zo bo‘lib kirish mamlakatning tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha siyosatinining tabiiy davomi deb hisoblashini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2008-yilgi Rossiya-Gruziya urushidan keyin sharqdagi qo‘shnisining siyosiy yo‘nalishi o‘zgara boshlagan. “Afsuski, Rossiya hozirda Ukrainadagi vaziyatni beqarorlashtirishda davom etmoqda”, − dedi Stubb.
Uning fikricha, Rossiya yirik harbiy-siyosiy davlat bo‘lib, xalqaro hamkorlikda ishtirok etishni emas, balki buni o‘zi o‘rnatishni istaydi. Yevropa Ittifoqining ko‘plab davlatlari NATOga a’zoligini qayd etgan Stubb bu borada Finlandiyada ham referendum o‘tkazishga chaqirdi.
Izoh (0)