Kiyev viloyati apellyatsiya sudi sobiq prezident Viktor Yanukovichdan poytaxt atrofi bo‘ylab joylashgan 9 gektar o‘rmonzorlarni olib qo‘ydi. Bu haqda Kiyev viloyati prokuraturasiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
5,2 million grivna qiymatiga ega yer maydoni “Dom lesnika” MChJga tegishli bo‘lgan. Ushbu hududda Yanukovichning “Akatsiya” qarorgohi joylashgan.
Vishgorod tumani sudi Yanukovichga aloqador firma o‘rmonga qonuniy ravishda egalik qilgani haqida hukm chiqargan edi, biroq apellyatsiya sudi ushbu hukmni bekor qildi.
Izoh (0)