Shvetsiyaning Moskvadagi elchisi Veronika Bard Rossiyada Shvetsiya kompaniyalari ishlashi uchun mavjud bo‘lgan to‘siqlar haqida gapirdi, deb yozadi “RBK”. Uning so‘zlariga ko‘ra, investitsiya iqlimi yomonlashib boraversa, tadbirkorlar Rossiya bozorini tark etishi mumkin.
Elchi Rossiya-Shvetsiya munosabatlariga ta’sir qiluvchi omillar borligini ta’kidladi. Uningcha, bunday omillardan biri Oriflame kosmetik firmasi bilan bog‘liq vaziyatdir, unga soliqlar to‘lash bo‘yicha sud da’vosi e’lon qilingan edi.
“Biz Rossiyada ishlayotgan 400 ta shved kompaniyasi haqida gapirayapmiz. Ularning ko‘pchiligi juda jiddiy investitsiyalar qilgan, bu yerda ishlab chiqarish korxonalari joylashgan, biroq biznes uchun iqlim yaxshilanmayapti. Agar ular hukumat tomonidan yaratilayotgan muammolarga duch kelsa, bu yerda ishlash fikridan voz kechishi mumkin”, — deya aniqlik kiritdi Bard.
Izoh (0)