6-mart, juma kuni Misrda mamlakat poytaxtidan shimoli-sharqdagi trassada ikkita avtobus to‘qnashib ketdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”. Natijada kamida 15 kishi halok bo‘ldi.
YTH Qohira—Ismoiliya trassasida sodir bo‘lgan. Halok bo‘lganlarning ko‘pchiligini dam olish kunini o‘tkazish uchun uyiga qaytayotgan talabalar tashkil etdi. Avariya sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)