Shveysariya Yevropa Ittifoqi “qora ro‘yxati”dagi 28 nafar shaxs uchun o‘z hududini yopib qo‘yib, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi, deya xabar bermoqda “TASS” Shveysariya hukumati saytiga tayanib.
Federal kengash tomonidan qabul qilingan qarorga ko‘ra, 2014-yil 27-avgustdagi YeI sanksiyalariga qo‘shimcha ravishda, Shveysariya o‘tgan yilning dekabrida YeI qaror qilgan, Qrim va Sevastopolga nisbatan savdo cheklovlarini joriy etdi.
Shuningdek, Federal kengash YeI “qora ro‘yxati”dagi 28 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga qarshi cheklovlar kiritdi, xususan, shveysariyalik tadbirkorlarga ular bilan biznes aloqalari o‘rnatishni taqiqladi.
Izoh (0)