Rokki Balboa haqidagi filmning mantiqiy davomi — “Krid” kartinasini suratga olish maydonchasida haqiqiy kurash muhiti hukm surmoqda, deb yozadi “Rossiyskaya gazeta”. Hatto shungacha ham borib yetdiki, prodyuser Silvestr Stallone bir-biri bilan janjallashib ketgan aktyorlarni shaxsan o‘zi ajratib qo‘yishiga to‘g‘ri keldi.
Voqea syomka bo‘layotgan kuppa-kunduz kuni ro‘y berdi. Rikki rolini o‘ynayotgan britaniyalik bokschi Toni Belyu ekranda o‘zining murabbiyini gavdalantirayotgan artistga tashlanib qoldi. Erkaklar o‘rtasida mushtlashuv boshlandi. Baqir-chaqirni eshitib, Stallone yetib keldi va jangga aralashdi. Oxir-oqibat u raqiblarni ajratib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi, biroq suratga olish jarayonini to‘xtatib turishga to‘g‘ri keldi.
Nizoga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya na aktyorlar tarkibidan, na Belyuning o‘zidan tuzukli izoh ola olmadi.
Izoh (0)