O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lganiga 23 yil to‘lgan sanada UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Lola va DJ Piligrim Imagine (“Tasavvur qil”) videoklipining rasmiy taqdimotini o‘tkazdi, deya xabar bermoqda UNICEF Uzbekistan rasmiy sayti.
Jon Lennonning eng rag‘batlantiruvchi qo‘shig‘i asosida tayyorlangan videoklip UNICEF tomonidan butun dunyo bo’ylab olib borilayotgan tashabbusning bir qismi bo‘lib, 2014-yil davomida Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning 25 yilligini nishonlash tadbirlarining yakuniy nuqtasi bo‘ldi.
O‘zbekiston estradasi yulduzlari Lola va DJ Piligrim Imagine tashabbusiga mahalliy miqyosda qo‘shildi va ushbu kampaniya g‘oyasi butun mamlakat bo‘ylab tarqatilishiga o‘z hissasini qo‘shdi
Videoklip premyerasi bolalar huquqlarini targ‘ib etish borasida UNICEFning doimiy hamkori bo‘lmish O‘zbekiston Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda bolalar, BMT agentliklari vakillari, milliy va xalqaro hamkorlar, ommaviy axborot vositalari va BMT ko‘ngillilari ishtirok etdi.