Moskvada o‘ldirib ketilgan siyosatchi Boris Nemsov xotirasiga bag‘ishlangan motam namoyishi yakunlandi, deya xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
Moskva politsiyasi rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, unda 10 mingdan ortiq kishi qatnashdi. Boshqa manbalarga ko‘ra esa namoyish ishtirokchilari soni 50 mingdan oshgan.
Motam marshida qatnashgan siyosatchi Gleb Pavlovskiy so‘zlariga ko‘ra, aksiya ishtirokchilari o‘ziga hurmatni talab qilgan. Pavlovskiy , shuningdek muxolifat kayfiyati o‘sib borishini ta’kidladi.
Izoh (0)