Lugansk yaqinida Donbassdagi jangovar harakatlar chog‘ida qo‘lga olingan asirlarni ayirboshlashdi. Meduza’ning Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari maslahatchisi Markiyan Lubkivskiyga tayanib xabar berishicha, 140 nafar ukrainalik harbiy xizmatchilar ozod etilgan. Ular DXR va LXR harbiy qismlarining 52 nafar jangchisiga ayirboshlandi.
DXR vakillari so‘zlariga ko‘ra, Ukraina askarlaridan biri ayirboshlashdan bosh tortib, LXRda qolishga qaror qilgan. Bundan tashqari, DXR Ukraina tomonidan ozod etilganlarning yarmigina jangovar harakatlarda ishtirok etganini, qolgani tinch aholi vakillari ekanini ta’kidlamoqda.
Izoh (0)