“Slova i dela” tashkiloti ekspertlari turli davlatlar rahbarlari maoshlarini hisoblab chiqdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Ukraina prezidenti yiliga 11 640 dollar, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 115 ming dollar, Belarus prezidenti esa 33 600 dollar maosh olishi aniqlandi.
Biroq na Poroshenko, na Lukasheno va hattoki na Putin baland maosh oluvchi davlat yetakchilari 20 taligiga kirdi.
Reytingda 2 million 183 ming 516 dollar yillik maosh bilan Singapur bosh vaziri Li Syan Lun yetakchilik qildi. Ikkinchi pog‘onani Gonkong ijroiya ma’muriyati rahbari Chun Ing Leunga egalladi (530 ming dollar).
Reytingdan ma’lum bo‘lishicha, AQSh prezidenti Barak Obama yiliga 400 ming dollar (3-o‘rin), Germaniya kansleri Angela Merkel 283 ming dollar (9-o‘rin), Fransiya prezidenti Fransua Olland 230 ming dollar (13-o‘rin), Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron 215 ming dollar (14-o‘rin) ishlab topadi.
Izoh (0)