Moskvaning “Lokomotiv” klubi va O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov nima uchun O‘zbekistonni tanlaganini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
“Nima uchun O‘zbekiston terma jamoasini tanlaganman? Bu haqda hech qachon o‘ylamaganman.
Kelib chiqishim o‘zbekmi? Ota-onam rus millatiga mansub. Ko‘pchilik muxlislar mening Rossiya terma jamoasi uchun o‘ynay olmasligimdan ajablanadi, – dedi Denisov klubning YouTube kanalidagi onlayn-konferensiyasida.
Eslatib o‘tamiz, Denisov “temiryo‘lchilar” tarkibida 2013-yildan buyon o‘ynab kelmoqda. U 52 uchrashuv o‘tkazib, ikki bor gol urgan.
Izoh (0)