Argentina termasi forvardi Lionel Messining Germaniya termasiga qarshi finalda mag‘lubiyatga uchragach, Jahon Kubogiga qadalgan nigohi “Yilning eng yaxshi sport fotosurati” yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Surat muallifi xitoylik Bao Tailyang an’anaviy World Press Photo marosimida bunday e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Ushbu fotosuratda Argentina terma jamoasi kapitani Lionel Messining bir necha daqiqagina avval qo‘ldan boy berilgan sayyoraning asosiy futbol mukofoti — Jahon Kubogiga tikilib turgani ask etgan. Surat Argentina termasi Jahon chempionati finalini Germaniyaga 1:0 hisobida boy bergach, olingan.
Izoh (0)