Qozog‘iston janubidagi Jambil viloyatining Chaykuruk stansiyasida yuk poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”. Ularda oltingugurt kislotasi olib ketilayotgan bo‘lgan. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.
Uchta sisterna ag‘darilib ketishi natijasida oltingugurt kislotasi to‘kilgan. Mahalliy ko‘lamdagi favqulodda vaziyat e’lon qilingan. Hukumat fikricha, aholi uchun xavf-xatar yo‘q.
Ma’lum bo‘lishicha, 57 ta vagondan iborat yuk poyezdi soatiga 22 km tezlikda harakatlanayotgan bo‘lgan. Vagonlar relsning strelka bilan buriladigan qismida izdan chiqqan.
Izoh (0)