Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Stavropol o‘lkasida qo‘lga olingan giyohvandlarga omma oldida tanbeh berdi, deb yozadi Meduza. U Checheniston va Stavropol politsiyasining hamkorlikdagi reydlari natijasida qo‘lga tushgan 200 nafar giyohvandning ba’zilarini o‘z qarorgohida to‘pladi.
“Shu dorilarni qabul qilib, keyin begunoh odamlarni o‘ldirishga Suriyaga ketasizlarmi? Sizning hayot tarzingiz islomdan shunchalik uzoq ekan, soqol o‘stirib nima qilasizlar? Mana shunday soqolli giyohvandlarni deb, Chechenistonda yigitlar soqol o‘stirgani uchun hibsga olinayotgani haqida gap-so‘zlar paydo bo‘ladi”, — dedi Qodirov.
So‘ng Checheniston rahbari narkotiklar bilan savdo qilgani uchun qo‘lga olingan er-xotinga yuzlandi. “Qara, yoshlarni qay kuyga solayapsan, qari yalmog‘iz!” — dedi Qodirov ayolga.
Izoh (0)