KXDR rahbariyati qog‘ozbozlik va poraxo‘rlikka qarshi kampaniyani boshlashga qaror qildi, deb yozadi “Day.az” Shimoliy Koreya OAVlariga tayanib.
Koreya Mehnat partiyasi siyosiy byurosi majlisi yakunlari bo‘yicha “hukumatni suiiste’mol qilish, byurokratizm, korrupsiya va tartibbuzarlikka qarshi umumpartiyaviy kampaniya tashkil qilish” haqida qaror qabul qilindi.
Davlat nashrlari yozishicha, mamlakat yetakchisi Kim Chen In “Mehnat partiyasi va butun jamiyatning g‘oyaviy birligini mustahkamlab, fraksiya elementlarining partiyaning yaxlit birligiga raqobatchi bo‘lish urinishlarini yo‘qqa chiqardi”.
Bundan tashqari davlat rahbari “kimirsenizm” va “kimchenirizm” shiorlari ostida gullab-yashnagan jamiyat qurish zarurati haqida aytib o‘tdi.
Izoh (0)