Hindistondagi AeroIndia 2015 aviashousida Chexiya uchuvchilik san’ati jamoasining ikki samolyoti ishtirokida baxtsiz hodisa ro‘y berdi, deb yozadi Interfax. Ular tryuk bajarish chog‘ida bir-birini turtib ketdi, biroq shunga qaramay, eson-omon qo‘ndi.
Xabar berilishicha har ikkala samolyot ham Chexiyaning Flying Bulls jamoasiga tegishli bo‘lgan, qo‘ngandan so‘ng samolyotlardan birining qanoti shikastlangani aniqlandi.
AeroIndia — Bangalorda ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan xalqaro aviatsiya-kosmik ko‘rgazma.
Izoh (0)