Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga mudofaa vazirligiga tashrifi chog‘ida Kalashnikov avtomatini sovg‘a qilishdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”. Bunga javoban u harbiylarni keraksiz avantyuralarga aralashtirmaslikka so‘z berdi.
Maxsus g‘ilofdagi sovg‘ani Lukashenkoga Belarus mudofaa vaziri Andrey Ravkov topshirdi.
“Yaxshi qurol. Menga mos”, — dedi Lukashenko sovg‘ani qabul qilayotib.
“Shuni bilishingiz kerakki, mamlakat uchun ahamiyatsiz avantyuralarga men sizni hech qachon aralashtirmayman. Biroq o‘z yerimizni himoya qilish va yelkama-yelka turishga to‘g‘ri kelsa, ishonchingiz komil bo‘lsinki, meni birinchi qatorlarda ko‘rasiz”, — deya ta’kidladi Belarus yetakchisi.
Izoh (0)