AQShning Charlton shahridan 50 kilometr janubi-sharqda neft tashiyotgan poyezd relsdan chiqib ketishi oqibatida ikkita vagon Kanova daryosiga qulab tushgan, yana 14 tasi yonib ketishi oqibatida esa yaqin oradagi uylardan birida yong‘in kelib chiqqan, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Qurbonlar va jarohatlanganlar bo‘lmagan. Yong‘in tufayli va u tarqalib ketishi xavfi borligidan ikki kilometr radiusdagi hudud o‘rab olingan. Ushbu hududda joylashgan Villij va Bumer-Vottom shaharlari aholisi evakuatsiya qilingan.
Avariya oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni sovuq ob-havo yanada qiyinlashtirmoqda. Hozircha yetkazilgan zarar hisoblab chiqilmagan.
Izoh (0)